15:15 / 20.10.2018
2 295

Monakoning eng badavlat ayollaridan birini kuyovi o‘ldirtirgani ma’lum qilindi

Monakoning eng badavlat ayollaridan birini kuyovi o‘ldirtirgani ma’lum qilindi
Monakoning eng badavlat ayollaridan biri Elen Pastorning kuyovi Voysex Yanovskiy umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Yanovskiy qaynonasi Elen Pastorning o‘ldirilishini tashkillashtirishda aybdor deb topildi.

Kelib chiqishi polyak bo‘lgan Yanovskiy ayol o‘ldirilgan vaqtda Polshaning Monakodagi elchisi bo‘lgan. U uzoq vaqt o‘z aybini rad etib kelgan, biroq oxirgi lahzada pastorning o‘ldirilishi ortida turganini tan olgan. Yanovskiydan tashqari, qotillikni sodir etgan Samin Saidahmad va uning sherigi umrbod qamoq jazosiga tortilgan. Ayolning o‘ldirilishi tergovi davomida 26 kishi qo‘lga olingan. Ulardan 9 nafariga ayblov qo‘yilgan.

Yanovskiy advokatlarining aytishicha, badavlat ayolning o‘ldirilishiga sudlanuvchining o‘z rafiqasi Silviya Pastorni onasining ruhiy bosimidan qutqarishga urinishi sabab bo‘lgan. Biroq tergov boshqa versiyani bildirgan: ayol qizi va kuyoviga oyiga 500 ming yevro miqdorida pul tayinlagan, biroq qizida saraton aniqlangan va uning o‘limidan keyin to‘lov to‘xtatilishi kerak bo‘lgan. Yanovskiy esa o‘sha vaqt moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo‘lgan.

Elen Pastor 2014 yil mayida avtomobili boshqa avtomobildagi noma’lum kimsalar tomonidan o‘qqa tutilgandan keyin vafot etgan. Voqea oqibatida ayolning haydovchisi ham halok bo‘lgan. Og‘ir yaralangan 77 yoshli ayol shifoxonada yana 2 hafta yashagan va politsiyaga jinoyatchilar qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini aytishga ulgurgan.

Elen Pastor Rossiyaning Monakodagi konsulining sobiq rafiqasi va Monakodagi ikkinchi raqamli badavlat sulola merosxo‘ri hisoblangan. Uning oilasining umumiy boyligi 19 mlrd yevroga baholangan. Ayolga Monakoda katta miqdordagi ko‘chmas mulk tegishli bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Monakoning eng badavlat ayollaridan birini kuyovi o‘ldirtirgani ma’lum qilindi