23:38 / 20.10.2018
4 089

Saudiyalik jurnalist qotilligida gumonlangan shaxs YTH qurboniga aylandi (foto)

Saudiyalik jurnalist qotilligida gumonlangan shaxs YTH qurboniga aylandi (foto)
Turkiyadagi Yeni Şafak nashri xabariga ko‘ra, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining qotilligida gumon qilinganlardan biri Ar-Riyodda yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylandi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari leytenanti bo‘lgan Meshal Saad al Bo‘stoniy Turkiyaga 2 oktyabr kuni yana 14 nafar saudiyalik harbiy bilan borgandi. Bu guruh Istanbuldagi konsulxonada Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotgandi.

Hozirda al Bo‘stoniy qayerda va qanday holda YTHga uchragani haqida xabar yo‘q.

Meshal Saad al Bo‘stoniy
© AFP 2018 / Sabah Newespaper

Amerikadagi Washington Post gazetasi uchun maqolalar yozgan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktyabr kuni Turkiyada, Saudiyaning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kirganidan keyin g‘oyib bo‘lgan. Jurnalistning qaylig‘i so‘zlariga ko‘ra, u tashqarida jurnalistni 5 soat kutgan, keyin ichkaridagilar u allaqachon ketgani, uni kutish shart emasligi haqida aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyalik jurnalist qotilligida gumonlangan shaxs YTH qurboniga aylandi (foto)