17:12 / 18.10.2018
6 153

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi (foto)

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi (foto)
Moskvada O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi, deb xabar qildi Sputnik.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Rossiya tomonidan Sovet Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. Monumentda O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov va Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada Islom Karimov haykali ochildi (foto)