20:46 / 18.10.2018
4 365

Rossiyadagi eng serdaromad kasblar ma’lum qilindi

Rossiyadagi eng serdaromad kasblar ma’lum qilindi
Mutaxassislar qaysi sohalarda Rossiyada eng yuqori ish haqi mavjud ekanini tahlil qilishdi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» NAFI tahliliy markazi hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Reytingda yetakchilik moliyachilarda - ularning bir oydagi o‘rtacha ish haqi 87 991 rublga teng. Shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq kasblarga ham yaxshi pul to‘lanadi - oyiga 86 982 rubl. Axborot va aloqa sohasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi - 70 839 rubl.

Shu bilan birga, 2018 yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, ushbu mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 42 521 rublni (QQSni hisobga olmaganda) yoki daromad solig‘i chiqarib olinganidan keyin 36 993 rublni tashkil etdi.

Eng kam ish haqi - mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish joylari xodimlarida - o‘rtacha 25 842 rubl.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi eng serdaromad kasblar ma’lum qilindi