17:20 / 18.10.2018
4 107

Vladimir Putin O‘zbekistonga yo‘l olmoqda

Vladimir Putin O‘zbekistonga yo‘l olmoqda
Avval xabar berilganidek, bugun, 18 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi boshlanadi.

Tashrifning asosiy qismi ertaga, juma kunga rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Darakchi nashri.

Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadilar. Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish masalalari ham o‘rin olgan.

Shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim videokonferensiya tarzida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin O‘zbekistonga yo‘l olmoqda