13:36 / 22.10.2018
3 871

Hindistonda erkak maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilindi

Hindistonda erkak maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilindi
Hindistonning Tikri shahrida maymunlar to‘dasining 72 yoshli erkakka g‘ishtlar bilan hujum qilishi erkakning o‘limiga olib keldi. Bu haqda Times of India'ga tayanib Kun nashri ma’lum qildi.

Shox-shabbalar terib yurgan erkak yaqin atrofdagi vayron binodan g‘ishtlarni olib, ularni daraxtlar tepasidan unga qarata uloqtira boshlagan maymunlar to‘dasiga yo‘liqqan.

Erkakning ukasining aytishicha, maymunlar uning akasiga 20 taga yaqin g‘isht uloqtirgan. Buning oqibatida qariya bosh va ko‘krak jarohatlari olib, shifoxonada jon bergan.

Erkakning oilasi politsiyaga maymunlar ustidan shikoyat qilgan, biroq tergovchilar bo‘lib o‘tgan voqeani baxtsiz hodisa deb topib, jinoiy ish qo‘zg‘atishmagan.

Mahalliy aholining shikoyat qilishicha, maymunlar ularning hayotini “do‘zah”ga aylantirgan. Ta’qidlanishicha, bunday voqealar butun mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lib turadi va bunda maymunlarning muayyan bir turi – makaka-rezuslar sababchi hisoblanadi.

Hindiston udumlari va an’analariga ko‘ra, maymunlar muqaddas jonzotlar hisoblanib, hukumat tomonidan qo‘riqlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda erkak maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilindi