15:40 / 22.10.2018
4 003

Mirziyoyev va Putin Qozog‘istonda Nazarboyev bilan uchrashdi (foto)

Mirziyoyev va Putin Qozog‘istonda Nazarboyev bilan uchrashdi (foto)
20 oktyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariog‘och shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohada o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, uchala davlatning MDH va boshqa tuzilmalardagi hamkorligi muhokama qilingan.

Shuning bilan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mirziyoyev va Putin Qozog‘istonda Nazarboyev bilan uchrashdi (foto)