18:30 / 22.10.2018
3 572

Ramzan Qodirov nega ingushetiyalik keksa oqsoqol bilan janjallashishga bordi?

Ramzan Qodirov nega ingushetiyalik keksa oqsoqol bilan janjallashishga bordi?
Chechenistonning amaldagi rahbari u haqda salbiy fikr bildirgan ingushetiyalik oqsoqol Muhajir Nalgiyevnikiga yo‘l oldi, deb yozadi «TJournal» ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz.

Qodirovning 70 avtomobildan iborat qurollangan korteji keksa kishinikiga otlandi. Biroq Checheniston prezidenti kelgunga qadar ularni minglab qurollangan ingush kutib oldi.

Qodirov Telegram’dagi kanalida uchrashuv qanday o‘tganligini hikoya qilgan. Nalgiyev «unga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo‘lsa-da», Qodirov undan uzr so‘ragan.

«Muhajir aqlli va muhtaram inson sifatida uning uyiga haqiqiy erkak sifatida kelganligim va unga hurmat bilan suhbatlashganligimni ma’lum qilib, uzrni qabul qilishni so‘radi. Men ham, o‘z navbatida, Alloh uchun Muhajirni kechirdim, shuningdek, uning qalbida mendan xafalik bo‘lsa, musulmon sifatida kechirim so‘radim», — deb yozadi Ramzan Qodirov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov nega ingushetiyalik keksa oqsoqol bilan janjallashishga bordi?