Foto: «Instagram»
«World’s Strongest Man» hamda «Arnold Strongman Classic» turnirlarining ko‘p karra g‘olibi Brayan Shou o‘z muvaffaqiyatlarining asosiy sirini ochdi. Ma’lum bo‘lishicha, u juda ko‘p ovqatlanar ekan — kuniga taxminan 12 ming kilokaloriya.
Erkak kishilar uchun tavsiya etiladigan kunlik me’yor — o‘rtacha 2400 kilokaloriya.
Amerikalik strongmen kuniga 7 mahal ovqatlanar ekan. U nonushtaning o‘ziga sakkizta tuxum yeydi. Kun davomida esa xamirli pasta, juda ko‘p miqdorda go‘sht va sabzavotlar, yeryong‘oq moyi, proteinli kokteyllar, pishloqli pishiriqlar iste’mol qiladi.
— Ko‘p ovqatlanishimdan maqsad sayyoradagi eng kuchli odam bo‘lish, — «Independent» gazetasi 36 yoshli sportchidan shunday iqtibos keltiradi.
Ta’kidlash kerakki, Shouning shaxsiy rekordi — 520 kilogramm, u shuncha og‘irlikdagi avtomobil shinalarini ko‘tara olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi