16:43 / 23.10.2018
3 807

Erdo‘g‘an Qoshiqchi o‘limida Saudiyani rasman aybladi va sirlarni ochishni talab qildi

Erdo‘g‘an Qoshiqchi o‘limida Saudiyani rasman aybladi va sirlarni ochishni talab qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi avvaldan puxta rejalashtirilgani haqida gapirdi. Bu haqda The Guardian'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu qotillik Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasiga tashrif buyurishidan bir necha kun oldinroq rejalashtirilgandi. Uning aytishicha, bu qotillik amalga oshirilishida Saudiya Arabistonidan kelgan ikki guruh ishtirok etgan, bu guruhlar tarkibida saudiyalik generallar ham bo‘lgan.

Turkiya prezidenti bu hodisani shafqatsizlik va qoloqlik deb baholadi hamda Saudiya Arabistoni hukumatidan jurnalistning o‘limi bo‘yicha savollarga javob berishni talab qildi.

U Istanbuldagi qotillik uchun javobgarlar topilib, Istanbulda sudga tortilishi kerakligini ta’kidladi.

Shu bilan birgalikda, Erdo‘g‘an bu qotillikdan bexabar bo‘lganini aytayotgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning so‘zlari rostligiga shubha qilmasligi, hozirda asosiy masala qotillikni kim buyurtma qilganini aniqlash ekanini aytib o‘tgan.

Erdo‘g‘an jurnalist o‘limi to‘g‘risidagi barcha haqiqatlarni fosh etishga va’da bergan.

Saudiya hokimiyatini tanqid ostiga olib kelgan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketganidan keyin izsiz g‘oyib bo‘lgandi.

17 oktyabr kuni ommaviy axborot vositalari jurnalist konsullik binosida qiynoqqa tutilgani va boshi tanasidan judo qilinganini xabar qilishdi. Uni so‘roq qilish chog‘ida bosh konsul o‘zi ham ishtirok etgani taxmin qilindi.

20 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning o‘limini tasdiqladi. Lekin Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi ma’lumotida, konsulxonada janjal kelib chiqishi oqibatida jurnalistni bexosdan o‘ldirib qo‘yishgani aytilgandi.

Biroz avvalroq Haberler portalida Jamol Qoshiqchining jasadi bo‘laklari Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi hududida joylashgan quduqdan topilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Qoshiqchi o‘limida Saudiyani rasman aybladi va sirlarni ochishni talab qildi