06:31 / 24.10.2018
5 609

Qoshiqchining o‘limi ortida turgani gumonlangan valiahd shahzoda uning o‘g‘li bilan (foto)

Qoshiqchining o‘limi ortida turgani gumonlangan valiahd shahzoda uning o‘g‘li bilan (foto)
23 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ar-Riyoddagi Yamama saroyida marhum muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining qarindoshlarini qabul qildi.

Valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon ham ushbu qabul marosimida ishtirok etgan va Jamol Qoshiqchining o‘g‘li bilan ko‘rishgan.

«Qirol va valiahd shahzoda Jamol Qoshiqchining yaqinlariga hamdardlik bildirishdi», — deyiladi Arab News agentligi xabarida.

O‘z navbatida, Qoshiqchining o‘g‘li ham qirollik xonadoniga hamdardlik uchun minnatdorchilik bildirgan.

2 oktyabr kuni saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketganidan keyin izsiz g‘oyib bo‘lgandi. U xorij nashrlari orqali Saudiya Arabistonidagi so‘z erkinligining bo‘g‘ilishi holatini tanqid qilib kelardi.

Turkiya hukumati ilk kunlardanoq Qoshiqchi konsullik binosida o‘ldirilgani va buning ortida Saudiya Arabistoni hukumati vakillari, xususan valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon turgani haqida ma’lum qildi.

17 oktyabr kuni ommaviy axborot vositalari jurnalist konsullik binosida qiynoqqa tutilgani va boshi tanasidan judo qilinganini xabar qilishdi. Uni so‘roq qilish chog‘ida bosh konsul o‘zi ham ishtirok etgani taxmin qilindi.

20 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning o‘limini tasdiqladi. Lekin Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi ma’lumotida, konsulxonada janjal kelib chiqishi oqibatida jurnalistni bexosdan o‘ldirib qo‘yishgani aytilgandi.

Xuddi shu vaqtda The New York Times nashri Saudiya Arabistoni o‘z «trollar fabrikasi»ni tashkil qilgani, valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon tashabbusi bilan tashkil qilingan bu tashkilot a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda muxolif kayfiyatdagi fuqarolarga qarshi kurash olib borishi haqida xabar tarqaldi.

23 oktyabr kuni Haberler portalida Jamol Qoshiqchining jasadi bo‘laklari Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi hududida joylashgan quduqdan topilgani haqida xabar berildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa Jamol Qoshiqchi avvaldan puxta rejalashtirilgan qotillik qurboni bo‘lganini aytib, Saudiya Arabistoni hukumatini barcha dalillarni oshkor etishga va aybdorlarni jazolashga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoshiqchining o‘limi ortida turgani gumonlangan valiahd shahzoda uning o‘g‘li bilan (foto)