13:45 / 24.10.2018
3 938

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni maqtadi (video)

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni maqtadi (video)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga sodiq ekanini tasdiqlaydi. Bu haqda u O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BELTAga tayanib Kun.uz.

"Bizning O‘zbekiston prezidenti bilan barcha kelishuvlarimiz amalda. Biz o‘zimizga olgan majburiyatlarni, albatta, bajaramiz. Mening do‘stimga shuni yetkazib qo‘yingki, biz kelishuvlarimizni bajarishda davom etamiz", - dedi Aleksandr Lukashenko.

Davlat rahbari Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy rivojlanib borayotganini ta’kidladi. "Men bu haqda muntazam gapiraman va ta’kidlab kelaman. Biz bir necha yil ichida yigirma yilda uddasidan chiqmagan ishni qildik", - dedi u. Aleksandr Lukashenko bunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning alohida hissasi borligini qayd etdi.

Belarus prezidenti O‘zbekiston rahbarining yutuqlari, shu jumladan, tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlarini yuksak baholadi. "U yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni tezda normallashtirdi, xalqaro maydonda o‘zini yaxshi tutmoqda, unda G‘arb bilan ham, Sharq bilan ham yaxshi munosabatlar bor, - dedi Belarus yetakchisi. - Shuning uchun, bizning munosabatlarimiz uchun fon yaxshi, bizda shunday munosabatlar borligi ham yomon emas".

Davlat rahbarining eslatishicha, yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muayyan yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olishdi. Uning bo‘limlaridan biri harbiy-texnikaviy hamkorlikka bag‘ishlangan, Viktor Mahmudov ham aynan shu sababdan Belarusga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan Aleksandr Lukashenko Belarusning ushbu sohadagi tajribasi bilan almashishga va’da berdi.

O‘z navbatida, Viktor Mahmudov mamlakatlarning harbiy-texnikaviy sohadagi ijobiy hamkorligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Belarus xavfsizlik sohasida hamkorlik rejasini imzolagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni maqtadi (video)