12:20 / 25.10.2018
5 074

Saudiya Arabistoni shahzodasi o‘z otasi hokimiyatini ag‘darishga tayyorlanmoqda

Saudiya Arabistoni shahzodasi o‘z otasi hokimiyatini ag‘darishga tayyorlanmoqda
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon o‘z otasi qirol, Salmon ibn Abdulaziz hokimiyatini ag‘darishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda Saudiya hukumatidan qochib ketgan qirollik oilasi vakili Xolid ibn Farhanga tayangan holda al-Mayadin telekanali xabar bermoqda.

Qochqinlikdagi shahzodaning aytishicha, valiahd Muhammad Salmon qachonki, jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi tufayli taxtdan mahrum qilinib, uning o‘rniga ukasi Xolid tayinlansa, to‘ntarishga urinib ko‘rishi mumkin.

Al-Mayadin bilan suhbatlashgan Xolid ibn Farhanga ko‘ra Jamol Qoshiqchini o‘ldirish to‘g‘risidagi buyruqni aynan valiahd shahzoda bergan. Hozirgi kunda jurnalistning o‘ldirilishi bo‘yicha asosiy ayblovlar valiahd shahzodaning maslahatchisi Saud al Gaxtanga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham parlament oldida chiqish qila turib, jurnalistning o‘ldirilishi oldindan mukammal rejalashtirilgan deya ta’kidlab o‘tdi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni shahzodasi o‘z otasi hokimiyatini ag‘darishga tayyorlanmoqda