13:57 / 25.10.2018
4 654

Uchuvchilar yo‘lovchilarga hech qachon aytmaydigan narsalarni oshkor qilishdi

Uchuvchilar yo‘lovchilarga hech qachon aytmaydigan narsalarni oshkor qilishdi
Uchuvchilar yo‘lovchilarga turbulentlik oqibatlari, terakt, bortdagi tozalash ishlarining sifati haqida bor haqiqatni aytmasliklarini tan olishdi.

Misol uchun, uchuvchilar aeroportni payqash osonmasligini tan olishgan. “Ba’zida bu la’nati aeroportni pastda ko‘p chiroq bo‘lgani sababli topish oson emas”, deb aytgan uchuvchilardan biri.

Uchuvchi Ron Vagnerning aytishicha, u hech qachon yo‘lovchilarga turbulentlik qanchalik xavfli ekanini tushuntirib o‘tirmaydi. U shunchaki hamkasblari kabi parvoz vaqtida kursilarda kamarlar bog‘langan holda o‘tirishni qat’iyan tavsiya qiladi. “Agar siz, albatta, shiftga urilishni istamasangiz, chunki turbulentlik istalgan vaqtda boshlanishi mumkin”, deb aytgan uchuvchi.

Air China uchuvchisi Veriks Linning ta’kidlashicha, terrorchi unga bortda bomba borligini aytib tahdid qila boshlasa, u hech qachon yo‘lovchilarga bu haqda aytmaydi. “Siz bir guruh yo‘lovchilar sarosimaga tushishlarini, qolgan qismi esa o‘zini aqlli deb hisoblab, portlovchi qurilmani mustaqil zararsizlantirishga urinib ko‘rishini aniq istamaysiz. Ehtimol ko‘rqib ketib, parvoz vaqtida favqulodda chiqish eshigini ochishga urinib ko‘radigan yo‘lovchilar ham topilishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan uchuvchi.

Uchuvchi Endi Kerr yo‘lovchilarga ular uchadigan samolyotning yoshi haqida hech narsa demaydi. “Biz uchayotgan samolyot 1968 yilda qurilgani haqida gapirmayman”, deydi uchuvchi.

Rendall Kammings esa yo‘lovchilardan parvozlar o‘rtasidagi tanaffuslarda tozalash ishlariga kam vaqt ajratilishini yashiradi. “Ba’zida vaqt shunchalik kam bo‘ladiki, tozalovchilar chiqindilarni yig‘ishtirib, quloqchin va adyollarni olib ketishadi, xolos. Yig‘iluvchi stolik va boshqa sirtlar dezinfeksiya qilinmaydi. Hojatxona ham tegishlicha tozalanmaydi”, deydi Kammings.

Yana bir uchuvchi Styuart Landauning ta’kidlashicha, u yo‘lovchilar bilan noqulay muloqot qilishdan qochadi. “Men biror xato yoki ahmoqona ish qilsam, yo‘lovchilar bundan xabar topmaydilar. Aytilishi lozim bo‘lmagan ba’zi narsalar bor”, deb aytadi uchuvchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchilar yo‘lovchilarga hech qachon aytmaydigan narsalarni oshkor qilishdi