21:30 / 25.10.2018
3 677

Rossiyada Orexovo mafiyasi sobiq killeri sobiq tergovchiga uylandi…

Rossiyada Orexovo mafiyasi sobiq killeri sobiq tergovchiga uylandi…
Hozirgi paytda Orexovo uyushgan jinoiy to‘dasi (Mafiya) sobiq killeri Oleg Mixaylov bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda. Viktoriya ismli 43 yoshli sobiq tergovchi, 4 farzandning onasi, eri bilan ajrashib ketgan ayol esa gazetada Oleg haqida yozilgan maqolani o‘qib qoldi-yu, shu yilning 25 mayida turmaga xat jo‘natdi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida yozishmalar boshlandi. Bu muhabbatga aylandi. Natijada Viktoriya turmaga borib Oleg bilan uchrashishga qaror qildi. Ammo dastlab Oleg bunga qat’iyan qarshilik bildirdi.

— Men sizning muhabbatingizga arzimaydigan beo‘xshov bir erkakman, — dedi Oleg. — Juda kelishni xohlayotgan bo‘lsangiz, oldin turma rahbarlaridan men haqimda so‘rab biling. Ishonamanki, ular sizni bu yo‘ldan qaytarishadi…

Viktoriya qaytmadi. Turmaga kelib Oleg tayinlaganidek, rahbarlardan biri bilan uchrashdi. Rahbar esa Oleg haqida faqat yaxshi gaplarni aytdi. Uning hikoya qilishicha, 90-yillar mafiyachilari orasida faqat Oleg o‘z aybini bo‘yniga olib politsiyaga taslim bo‘lgan.

— U qalban yaralangan bir inson, — dedi rahbar. — Uni ranjitadigan harakatlar sodir etmasligingizni so‘raymiz!..

Xullas kalom ular uchrashishdi. Biri sobiq jinoyatchi, killer, ya’ni, yollanma qotil, ikkinchisi esa o‘sha qotillarga qarshi kurashgan sobiq tergovchi. To‘y ham turmaning o‘zida kamtargina qilib o‘tkazildi.

Hozirgi kunda Viktoriya Olegga nisbatan qo‘llangan bir umrlik qamoq jazosini aniq muddatli jazoga almashtirish harakatiga tushgan, zarur hujjatlarni to‘plamoqda. Turma qoidasiga ko‘ra, ularga yiliga ikki marta uchrashish, bir yilda 4 karra telefon orqali gaplashish imkoni berilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Orexovo mafiyasi sobiq killeri sobiq tergovchiga uylandi…