06:34 / 26.10.2018
3 313

Islom Karimov hiyoboni Moskvadagi “eng yaxshi loyiha” deb topildi

Islom Karimov hiyoboni Moskvadagi “eng yaxshi loyiha” deb topildi
Moskva hukumatining maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra Markaziy ma’muriy okrugda joylashgan Islom Karimov hiyoboni 2018 yilda Rossiya poytaxtida investor hisobidan amalga oshirilgan eng yaxshi obodonlashtirish loyihasi deb topildi.

Moskva meri Sergey Sobyanin Karimov Fondiga obodonlashtirish dasturlarini amalga oshirish va shinam shahar muhitini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun alohida minnatdorlik yorlig‘ini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 18 oktyabr kuni Moskvada Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi.

Marosimda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Ochilish marosimidan so‘ng haykal poyiga gullar qo‘yildi.

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islom Karimov hiyoboni Moskvadagi “eng yaxshi loyiha” deb topildi