22:53 / 26.10.2018
4 604

Timoshenko prezident bo‘lsa Ukrainada nima bo‘ladi?

Timoshenko prezident bo‘lsa Ukrainada nima bo‘ladi?
Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Ukraina prezidentligi saylovida g‘alaba qozonsa, Donbasc o‘lkasining taqdiri qanday bo‘lishini ochiqladi.

Donbassdagi vaziyatni nazoratga olish borasida, Timoshenko xonim “yangi hokimiyat muzokaralar formatini o‘zgartirishini” e’lon qildi.

Xususan, Yuliya Timoshenko “Biz tinchlikka erishamiz va bu Ukraina manfaatlari asosiga qurildi. Biz, Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donbass hududini qaytarib olamiz. Donbassda Ukraina qonunchiligi amal qila boshlaydi, demilitarizasiya hududi barpo etiladi, ikki million ukrain qochqinlarini Donbassga qaytaramiz”, deb bayonot berdi. Timoshenkoning so‘zlarini “Batkivshina” matbuot xizmati keltirdi.

Siyosatchining fikriga ko‘ra, Donbassdagi nizolar muayyan bir siyosiy guruhlar manfaatlariga monand bo‘lib, “ular bu urushdan milliardlab pul mablag‘larini ishlab topadilar.” Uning fikriga ko‘ra, rasmiy Kiyev nazoratida bo‘lmagan hududlar narkotik savdosi va kontrabandaning o‘chog‘iga aylangan.

Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sharqidagi vaziyatni nazorat ostiga olishda Minsk kelishuvlarining o‘zi yetarli emas. “Ilk davrlardan boshlab Minsk kelishuvlari istiqbolsiz loyiha bo‘lgan.”- deydi Timoshenko va dastlabki qadamlarni Budapesht memorandumlariga tayangan holda ish ko‘rish lozimligini qo‘shimcha qiladi.

Sobiq vazir, shuningdek, mamlakatga shartnoma asosida harbiy xizmatga yollanadigan kuchli armiya nihoyatda kerakligini aytdi.

Ukrainadagi navbatdagi prezidentlik saylovlari 2019 yilning bahorida bo‘lib o‘tadi. Rasmiy prezidentlik poygasiga dekabr oyining oxirlarida start beriladi. Yuliya Timoshenko bilan bir qator siyosiy namoyondalar mamlakat prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarda qatnashishini bildirdi. Amaldagi Ukraina prezidenti Petr Poroshenko prezidentlik saylovlarida ikkinchi muddatga saylanish uchun qatnashishi haqida hali ommaviy axborot vositalariga e’lon qilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Timoshenko prezident bo‘lsa Ukrainada nima bo‘ladi?