04:20 / 27.10.2018
4 202

Janubiy Koreya haddan tashqari ko‘p guruch yetishtirilgani sababli 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi

Janubiy Koreya haddan tashqari ko‘p guruch yetishtirilgani sababli 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi
Janubiy Koreya byudjeti mamlakatda guruch haddan tashqari ko‘p yetishtirilgani sababli oxirgi 3 yil ichida 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi vaziri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hukumat tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning haddan ortiq qo‘llab-quvvatlanishi guruch zaxiralarining ko‘payib ketishiga olib kelgan. Natijada 2016 yildan boshlab ortiqcha guruch chorva uchun yem sifatida qo‘llangan. Ma’lum qilinishicha, uch yil ichida million tonnadan ko‘proq guruch yetishtirilgan.

Guruch ko‘payib ketgani sababli o‘z narxidan 10 marta past narxda sotilgan. Janubiy Koreyada guruch yetishtirish va uni saqlash bilan bog‘liq yillik byudjet 4,9 mlrd dollarni tashkil qilib, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi byudjetining 39 foizini tashkil qiladi.

Vazirlik shu munosabat bilan guruch yetishtirishning davlat tomonidan tartibga solinishini va bu bilan bog‘liq byudjet xarajatlarini qisqartirishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya haddan tashqari ko‘p guruch yetishtirilgani sababli 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi