Foto: «RIA Novosti»
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z mamlakatiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning 2019 yilda olib tashlanishini bashorat qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xabar berilishicha, KXDR davlat korxonalari vakillari va mansabdorlari sentyabr oyidan buyon Xitoy hukumati bilan faol ravishda maslahatlashuvlarni olib bormoqda va hamkorlikni faollashtirishga urinmoqda. Bu Kim Chen Inning taqiqlov choralari olib tashlanishi haqidagi bayonoti bilan bog‘lanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Kim Chen In o‘z qo‘l ostidagilarga tez orada cheklovlar olib tashlanishini va bunga tayyor turishni aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kim bu ishda muvaffaqiyatga erishsa, afsuslanmaydi, mukofot va qahramon unvonini qo‘lga kiritadi.
Nashrning qayd etishicha, so‘nggi oylarda Xitoy hukumati Shimoliy Koreya bilan chegarada nazoratni sezilarli darajada bo‘shashtirgan. Xususan, KXDRga olib chiqib ketilayotgan yuklar qattiq tekshirilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi