06:00 / 29.10.2018
3 442

Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonga qaytib keldi

Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonga qaytib keldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev o‘z vataniga qaytdi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili Qunduz Jo‘lduboyeva ma’lum qilgan.

O‘zining Facebookʼdagi rasmiy sahifasida Jo‘lduboyeva sobiq prezidentining qaytishi bilan bog‘liq ma’lumotni joylashtirdi. “Do‘stlar! Bizni kutgan, gumonda bo‘lgan va kutmagan barchaga salom! QSDP delegatsiyasi to‘liq tarkibda eson-omon vatanga qaytdi! Tinchgina yashayverishlaring mumkin. Garchi, ayrimlar ertalabgacha uxlolmasdan chiqsa ham. Kimdir o‘zi istagan narsani haqiqat sifatida taqdim etishni juda xohlagandi...” — deb yozgan Q.Jo‘lduboyeva.

22 oktyabr kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvaga uchib ketgan va 24–27 oktyabr kunlari Osiyo siyosiy partiyalarining xalqaro Konferensiyasi X Bosh assambleyasida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

“Biroq, 22–23 oktyabr kunlari u Sankt-Peterburg shahrida tug‘ishgan akasi K.Sharshenovning bevasi Ye.Sharshenovaning dafn marosimida ishtirok etishga majbur bo‘lgan. Sobiq prezidentning safari uning eng yaqin safdoshlaridan biri hisoblanuvchi Ikromjon Ilmiyanovning hibs etilishi bilan to‘g‘ri kelib qoldi. Buning ortidan Qirg‘izistonning ayrim ommaviy axborot vositalari turli taxminlarni o‘rtaga tashladi, jumladan, Qirg‘izistonning sobiq rahbari mamlakatdan qochib ketdi, degan farazlarini ham.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonga qaytib keldi