08:30 / 29.10.2018
4 454

26 yoshli yigit qorin qismida osh qoshiq bilan bir yil yashadi

26 yoshli yigit qorin qismida osh qoshiq bilan bir yil yashadi
U Sinszyanda istiqomat qiladi. Bir yil oldin do‘stlariga yangi tryuk namoyish etish ilinjida mast holatda bo‘la turib osh qoshiqni yutib yuborgan. Shundan keyin bu voqeani unutgan. Ammo bir yildan keyin qoshiq borligini bildira boshladi. Yigit qorin qismida kuchli og‘riq turishidan, nafas olishi qiyinlashib borayotganidan shikoyat qilib vrach qabuliga keldi. Rentgen natijasini ko‘rgachgina o‘sha paytda qoshiq yutgani yodiga tushib qoldi.

O‘shanda qoshiqqa ip boylab yutgan, keyin esa do‘stlariga ip yordamida qoshiqni tortib olishlarini aytgan. Ammo o‘shanda nima bo‘lgan-u, ip uzilib, qoshiq ichkarida qolib ketgan ekan.

Vrachlar jarrohlik amaliyotisiz yigitning og‘zi orqali qoshiqni tortib olishdi. Albatta, yigitga oldin narkoz berishdi. Aks holda bu jarayonda og‘riqni ko‘tara olmasligi mumkin edi. Hozir u oshqozonini davolatmoqda. Vrachlar tez orada yigit sog‘ayib ketishiga ishonishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 26 yoshli yigit qorin qismida osh qoshiq bilan bir yil yashadi