10:20 / 29.10.2018
4 286

Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Bu haqda Reuters Indoneziya qutqaruv xizmatlariga asosan xabar bermoqda.

Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan, deb xabar qilyapti Straits Times gazetasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan.

Flightradar samolyotlar parvozlarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi resurs ma’lumotlariga ko‘ra, layner Yava orolining g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida dengizga qulagan.

Hozirgi paytda bortda necha nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Qidiruv va qutqaruv amaliyotlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi