Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga yaqin bo‘lgan manbalarning The Nyu York Times gazetasiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Makka amiri, qirol Salmonning maslahatchisi shahzoda Xolid ibn Faysal Turkiyaga jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limini bosti-bosti qilish evaziga «jozibador» bitim taklif qilgan.
Xabar tafsilotlari
Shahzoda Xolid ibn Faysal Istanbulga jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi masalasini hal qilish uchun borgan. U Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Saudiyaning Istanbuldagi konsulligida sodir bo‘lgan ishlarni yashirishi evaziga «jozibador» takliflar bilan chiqib, u bilan bitim tuzishga harakat qilgan.
Saudiya tomoni Anqara boshidan kechirayotgan iqtisodiy inqiroz (Vashington bilan kelishmovchilik ortidan turk lirasining qadrsizlanishi) dan foydalanishga uringan: Bu takliflar quyidagicha: Turkiyaga moliyaviy yordam berish, unga kiritiladigan investitsiyani oshirish, mamlakat ittifoqchisi Qatardan iqtisodiy qamalni olish.
Mazkur takliflar Erdo‘g‘anning g‘azabini qo‘zg‘atgan. U rad javobini bergan va buni «siyosiy pora» deb atagan.
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘z mamlakati konsulligida o‘ldirilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilinyapti. U Saudiyadan uni o‘ldirish uchun yuborilgan maxsus guruh tomonidan 2 oktyabrda o‘ldirilgan. Ushbu guruh ichida valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmonga yaqin kishilar ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi