22:40 / 30.10.2018
2 786

Tramp o‘z portretini xayriya puli evaziga 10 000 dollarga sotib oldi

Tramp o‘z portretini xayriya puli evaziga 10 000 dollarga sotib oldi
Ayni paytda Nyu-York bosh prokurori Donald Tramp fondiga qarshi qo‘zg‘atgan ish sudda ko‘rib chiqilmoqda, bahs mavzusi Trampning portretidir. Trampning advokatlari portret sotilayotgan auksionda suratga hech kim qiziqish bildirmagani uchun ham fond uni sotib olishga majbur bo‘lganini aytmoqda.

Bir yarim metr keladigan ushbu portretni argentinalik rassom Xavi Shans yaratgan. Unda Trampning yoshlik davri tasvirlangan. Mazkur ish birinchi marta Floridadagi auksionda 2014 yili sotib olingan. Bu surat savdosidan tushgan mablag‘ saraton xastaligi bilan og‘rigan bemorlarga ko‘maklashuvchi “Unicorn Foundation” jamg‘armasiga berilgan. Ammo bu gal Tramp o‘z portretini shaxsiy puliga emas, o‘z xayriya fondi mablag‘iga sotib olgan. Surat prezidentning Floridadagi mehmonxonalaridan biri devoriga osib qo‘yilgan.

Mazkur kartina oldi-sotdisi Tramp jamg‘armasi mablag‘larni noto‘g‘ri sarflagan oltinchisi savdo hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘z portretini xayriya puli evaziga 10 000 dollarga sotib oldi