10:07 / 31.10.2018
3 900

31 yil avval o‘g‘irlangan farzand onasiga qaytarildi

31 yil avval o‘g‘irlangan farzand onasiga qaytarildi
Kanadalik ayol 31 yildan keyin 1987 yilda o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘li bilan uchrashdi deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘sha vaqtda 1 yosh 9 oylik bo‘lgan Jermeyn Allan Mann otasi bilan uchrashuvdan keyin yo‘qolib qolgan. Bolani Kanadaning Toronto shahri politsiyasi qidirgan, so‘ngra operatsiyaga AQSh huquq-tartibot idoralari qo‘shilgan. Biroq ko‘p yillik urinishlar naf bermagan.

Aniqlanishicha, Jermeynning otasi o‘g‘lini AQShga olib ketgan va u yerda ko‘p yillar davomida boshqa nomlar ostida yashirinib yurgan. Bolani esa onasi bolaligida o‘lib ketgan deb hisoblab yurgan.

Aldov ota davlat imtiyozlari bilan uyni ijaraga olmoqchi bo‘lganda fosh bo‘lgan. Dastlab u tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qalbaki ekani aniqlangan, so‘ngra erkakning fotosurati yuzni tanish tizimidan o‘tkazilganda, u Kanadada yo‘qolgan bolaning otasi ekanligini ma’lum qilgan. Endi erkak yolg‘on guvohlik uchun jinoiy jazoga tortilishi va Kanadaga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

Hozir 33 yoshda bo‘lgan Jermeyn u bilan uchrashish uchun Kanadadan kelgan onasi bilan uchrashgan. “Mening hissiyotlarimni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Uni ko‘rganimda “Tangrim, bu mening bolam” deb yubordim”, deb eslagan ayol. Ona-bola diydorlariga to‘yib olishgach, ayol ortga qaytib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 31 yil avval o‘g‘irlangan farzand onasiga qaytarildi