10:54 / 31.10.2018
3 461

MXDQ: Atambayevning hibsga olingan hammaslagi Ilmiyanov tergov bilan hamkorlik qilmoqda

MXDQ: Atambayevning hibsga olingan hammaslagi Ilmiyanov tergov bilan hamkorlik qilmoqda
QR milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston sobiq prezidenti va QSDPning amaldagi yetakchisi Almazbek Atambayev atrofidagi yaqin kishilardan biri respublika sobiq prezidetining maslahatchisi Ikramjon Ilmiyanovning hibsga olinishi munosabati bilan Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasining bayonotiga munosabat bildirdi.

MXDQ o‘z xabarida tergov davom etayotganini, tergov “har tomonlama va obektiv olib borilayotganini” ta’kidlagan. Maxsus xizmatlarning ta’kidlashicha, «ko‘rsatilgan pul mablag‘larning kelib chiqishi va taqsimlanishi bilan bog‘liq vaziyat» o‘rganilmoqda.

«Shuni ta’kidlash kerakki, fuqoro Ikramjan Ilmiyanov tomonidan pul olingani borasida tergovda yetarlicha dalillar bor. Ayni damda Ilmiyanov tergov bilan faol hamkorlik qilmoqda», –deyiladi qo‘mita bayonotida.

29 oktyabr kuni QSDP MXDQ bilan yozishmalarini e’lon qildi. MXDQ o‘z so‘rovida partiyadan Ikramjan Ilmiyanov tomonidan 2017 yil 8 avgust kuni «Dizel komplekt» kompaniyasidan prezidentlik saylovi davrida mukofot va homiylik yordami sifatida 150 ming dollar olganini tasdiqlash so‘ralgan.

Bunga javoban QSDP saylov fondini nomzodning o‘zi, amaldagi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov boshqarganini ma’lum qildi. Partiya MXDQga barcha masalalar bo‘yicha Jeenbekovga murojaat qilishni tavsiya qildi.

29 oktyabr kuni QSDP sobiq prezidentning maslahatchisi Ikramjan Ilmiyanovning tergov bilan hamkorlik qilayotgani borasidagi xabarlarni inkor qildi, bu xabarlarni «mish-mish» deya baholadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MXDQ: Atambayevning hibsga olingan hammaslagi Ilmiyanov tergov bilan hamkorlik qilmoqda