«Islomni qabul qilganini ko‘rib hayron qolishdi»

  • 31 oktyabr 2018, 13:43
  • 3 665
  • Dunyo
  • «Islomni qabul qilganini ko‘rib hayron qolishdi»
    Mashhur qiziqchi Jeremy McLellan o‘zining feysbukdagi sahifasida Sinead O’Connor’ning Islomni qabul qilganligi haqida shunday fikr bildirdi: “Mening katolik do‘stlarim Sinead O’Connor’ning Katoliklikdan liberal Nasroniylikni, so‘ngra Islomni qabul qilganini ko‘rib hayron qolishdi. Bu yerda g‘ayriodatiy narsa yo‘q.

    Men buni osonroq usulda tushuntiraman: liberal Nasroniylik Islom bilan bahslasha olmaydi. Siz nasroniylikdan diniy marosimlar, ibodat, amallar, ro‘za, pokizalik, ziyorat, qonun-qoidalar, haqiqat tushunchasi va boshqa narsalarni yulib olsangiz, insonning qalbi xuddi shuni taqdim etadigan boshqa narsani qidirib qoladi. Mana shu narsalarni taqdim qila oladigan yagona din (ayniqsa Yevropada) Islom bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun, nasroniylar o‘zaro jipslashmasalar, men kelajakda yanada ko‘proq insonlarning Islomga kirib ketishlarini ko‘rishimiz mumkin deb o‘ylayman”.

    Jeremy McLellan bu bilan hozirgi kundagi liberal nasroniylik haqiqiy nasroniylik dinidan ancha uzoqlashib ketgani, diniy aqida va fiqhiy masalalarga bepisand bo‘lib, barcha narsalarga erkinlik berib tashlaganidan, daqiq narsalargacha fiqhiy yechimini topib bera oladigan, ibodatlarida lazzat va huzur bo‘lgan Islom oldida juda “yengil” ko‘rinib qolishini tan olgan.

    Shuningdek, inson o‘z fitratiga ko‘ra, qalban doim dinga moyil bo‘lgani uchun, odamlar nazdida qup-quruq nasroniylikdan ko‘ra Islom haqiqiy din va najot yo‘li bo‘lib ko‘rinadi, demoqda.

    Yana bir xulosa shundaki, nasroniylikning din sifatida kuchini yo‘qotishi, unga kiritilgan yengilliklar va islohotlar ekanligi ta’kidlanmoqda. Qachonki, diniy ahkomlarga bepisandlik bilan qaralsa, din o‘z sifatini va kuchini yo‘qotib boraveradi.

    Aytgancha, birgina misol, 1921 yilda Chexiyaning 90 % aholisi o‘zini nasroniy, shundan 82% esa, o‘zini katolik deb bilgan bo‘lsa, bugun aholining 21% va 10 % nasroniy va katoliklardan iboratdir. Dinga har qanday yangilik yoki “yengillik” unga zarba ekanligi ko‘rinib turibdi.

    Nasroniy-katoliklar o‘z dinlari uchun qayg‘urib, uning ahkomlariga e’tibor qaratish kerakligini, yo‘qsa o‘rnini begona g‘oyalar (ularning nazdida Islom) egallashini havotir bilan aytib turibdi.

    Kimdir aytganidek, odamlarni yot va yolg‘on g‘oyalardan asrash uchun, unga to‘g‘ri g‘oyani to‘g‘ri yetkazib berish kerak.
    Caid Komil Xolxo‘jayev

    Manba: Azon.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Islomni qabul qilganini ko‘rib hayron qolishdi»