15:48 / 31.10.2018
79 830

Mashhur bashoratchi Vanganing 2019 yil uchun bashorati

Mashhur bashoratchi Vanganing 2019 yil uchun bashorati
Bir narsani oldindan aytib qo‘yish lozim. Vanga o‘z davrida bashorat qilar ekan, aniq yil yoki oyni tilga olmagan. Buni turli ishoralar yoki umumiylikka asoslangan atamalar bilan tilga ko‘chirgan.

1. Katta bir davlat dunyoni ostin-ustun qilishi mumkin.

Bu yerda Vanga Rossiya, Xitoy, Amerikani nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘proq Rossiyani nazarda tutgan. Bu davlat deyarli dunyoning asosiy bo‘lagini o‘ziga itoat ettirishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

2. Dunyoni xudoga yoqqan bir inson tartibga keltiradi.

Bu masalada Vanga aniq bir shaxsning nomini tilga olmagan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, dunyoda tartib o‘rnatuvchi shaxs hali hech kimning tasavvuriga sig‘maydi. Demak, bu vaziyat favqulodda yuzaga kelishi haqiqatga yaqinroq.

3. Din tufayli odamlar bir-birini o‘ldira boshlaydi. Buni to‘g‘ri ish deb hisoblaydi.

Bu bashorat hozirning o‘zida isbotini topmoqda. Yaqin Sharqdagi terrorchi kallakesarlar go‘yoki Olloh nomidan begunohlar qonini to‘kayotganini barcha ko‘rib turibdi. Nahotki, yangi yilda ham bu vahshiyliklar barham topmasa?

4. Yer quturadi, bundan ko‘plab odamlar o‘lim topadi.

Tabiiy ofatlar, vulqonlar uyg‘onishi, kuchli yer silkinishlari, quturgan bo‘ronlar, to‘fonlar allaqachon yaqinlashib kelgan. Bu seysmik faol mintaqalarda halitdan borligini bildira boshlagan. Vanganing bashoratiga qaraganda, bu xavf kelasi yilda ham kuchaya borishi ehtimoldan xoli emas. Qolaversa, 2019 yili saraton xastaligi ustidan g‘alaba qozoniladi. Kosmonavtlar Quyoshga parvoz qilish harakatiga tushadi. Asosiysi, odamlar dini, e’tiqodidan ayrilmasa bas. E’tiqod va dindan ayrilganlarni faqat falokat kutishini Vanga o‘z bashoratida alohida tilga olib o‘tgan.

Umuman aytganda, Vanga 2019 yil davomida yer yuzida tartib o‘rnatilishiga alohida to‘xtalgan. Bu tartib barchamizga Yaratganning tiriklik, tinchlik, salomatlikdek tengsiz mukofotini baxshida etadi inshoolloh!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur bashoratchi Vanganing 2019 yil uchun bashorati