21:26 / 31.10.2018
3 414

«Suvga tushirilgan oltovlon» turk gazetalarida ham shov-shuv bo‘ldi

«Suvga tushirilgan oltovlon» turk gazetalarida ham shov-shuv bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ariqda turgan 6 erkak fotosurati va bu bilan bog‘liq voqea haqidagi xabar Turkiya gazetalaridan birida ham chop etildi.

Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev tuman mas’ullarini bu tarzda jazolagani uchun ishdan haydalgani aytiladi.

27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ariqqa tushib turgan 6 kishining suratlari tarqalgan edi. So‘ngra ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani, “Abdunosir G‘ulom” fermer xo‘jaligi maydonida g‘alla o‘z vaqtida sug‘orilmaganligi uchun tuman mas’ullari va fermer xo‘jaligi rahbarlari shu tarzda jazolanganligi aniqlandi. Bu haqda Uz24.24 nashri xabar bermoqda.

Bu vaqtda voqea joyida Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev, viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

29 oktyabr kuni Prezidentning barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmoyishi bilan Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Suvga tushirilgan oltovlon» turk gazetalarida ham shov-shuv bo‘ldi