22:38 / 31.10.2018
4 716

Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi (foto)

Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi (foto)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Amul-Xazar» rallisiga tayyorgarlik ko‘rgan poyga avtomobili unga Germaniyada 520 ming yevroga sotib olingan. Bundan Turkmaniston davlat xaridlari portali ma’lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Prezident uchun avtomobil 7 iyun kuni sotib olingan, 19 iyun kuni esa Turkmaniston prezidenti va uning o‘g‘li Sardor o‘z chizmalari bo‘yicha poyga avtomobilini «shaxsan o‘z qo‘llari» bilan loyihalashtirishdi hamda yig‘ishdi.

Berdimuhamedov tomonidan yig‘ilgan avtomobil 20 iyun kuni omma oldida namoyish etildi. Iyul oyi boshida Turkmaniston prezidenti Germaniyadan olib kelingan mashinada sinovlar o‘tkazdi hamda o‘z ixtirosi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Foto: Xronika Turkmenistana

Foto: Xronika Turkmenistana

Rallining boshlang‘ich bosqichida Berdimuhamedov Mini-Cooper sport avtomobilida ishtirok etdi, biroq bu Germaniyadan keltirilgan mashina bo‘lganmi yoki boshqa avtomobil edimi - noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi (foto)