21:30 / 01.11.2018
4 358

Musulmon yo‘g‘-u, Islom bor

Musulmon yo‘g‘-u, Islom bor
Shvetsiya sotsial demokratik partiyasi rahbar o‘rinbosari Mona Sahlin xonim ishdan uyiga qaytayotib, marketga kirdi va peshtaxtalarga chiroyli qilib terilgan «Toblerone» shokoladlariga ko‘zi tushdi. Shokoladning bir qutisi 10 yevro turar ekan. Hamyonidagi naqd pulini hisoblab ko‘rsa, yetarli emas. Lekin nafsiga qarshi borolmadi. Bir quti shokolad xarid qildi va pulini kartochka orqali to‘ladi.

Oradan bir necha kun o‘tib, ayni shu shokoladlar tufayli Mona xonim ustidan jinoiy ish ochildi. Chunki xonim o‘sha shokoladlarning to‘lovini partiya nomiga ochilgan to‘lov kartasidan to‘lagan, ya’ni davlatga 10 yevro zarar keltirgan edi. Sud boshlandi. Shvetsiya gazetalari bu shov-shuvli voqeani surunkali yoritib bordilar. Bu voqea tahlili hatto Amerika gazetalari sahifalaridan ham joy egalladi va dunyo siyosatchilari tarixiga «Toblerone voqeasi» nomi bilan muhrlandi.

Mona xonim aybini tan oldi va partiya hisobiga o‘z xohishi bilan 15000 kron to‘ladi. Jurnalistlarga bergan intervyusida bu qilmishidan juda pushaymon bo‘layotganini, vijdon azobida qolganini va ma’lum vaqtga qadar siyosatdan ketmoqchiligini ma’lum qildi...

Oradan ikki yil o‘tgachgina Mona Sahlin siyosatga qaytdi va bir necha yil astoydil mehnat qilib, Shvetsiya sotsial demokratik partiyasi tarixidagi ilk ayol rahbar bo‘ldi.

Eslatib o‘tmoqchimanki, Mona xonim o‘sha «mash’um» shokoladni sotib olayotgan vaqtda pulini partiya to‘lov kartasidan to‘layotganini o‘sha marketga xarid qilish uchun kirgan bir jurnalist ko‘rib qolgan va «Expressen» gazetasi o‘tkazgan tekshiruvlar tufayli sud ishi boshlangan edi...

Xulosa o‘zingizdan!
Dilfuza KOMIL

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon yo‘g‘-u, Islom bor