13:51 / 02.11.2018
3 573

Apple aksiyalari «quladi»

Apple aksiyalari «quladi»
Apple aksiyalari 7 foizga arzonlashdi, sababi korporatsiya iPhone smartfonlari savdosi o‘sishiga erisha olmadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, joriy chorakda Apple deyarli 47 million dona iPhone sotdi, bu bir yil avvalgi miqdorga deyarli tengdir. Ta’kidlanishicha, iPad planshetlari savdosi 6 foizga kamayib, 9,7 million donani tashkil qildi, Mac kompyuterlari esa 2 foizlik pasayishni qayd etib, 5,3 million donaga teng bo‘ldi.

Shu bilan birga, sentyabr oyi oxirida yakuniga yetgan, joriy yilning to‘rtinchi choragida kompaniya daromadi 62,9 mlrd dollarni tashkil qildi - bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natija bilan taqqoslaganda 20%ga ko‘p va korporatsiya faoliyati uchun rekorddir. 14,1 mlrd dollarlik sof foyda ham rekordga aylandi (har bir aksiya uchun $2,91). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxati e’lon qilingandi. Apple kompaniyasi ushbu ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Apple aksiyalari «quladi»