16:00 / 02.11.2018
3 860

Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi

Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1 noyabr kuni xalq artisti Alibek Dnishev bilan uchrashdi.

Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari A. Dnishovning Qozog‘iston madaniyati va san’atini rivojlantirishdagi o‘rni hamda xizmati alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalq artisti - Ostona va butun mustaqil Qozog‘istonning shakllanishi jarayoniga guvoh va faol ishtirokchisi sanaladi.

N. Nazarboyev A. Dishevni «Ostona opera» teatri sahnasida poytaxtning 20 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan konsert dasturi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

O‘z navbatida, xalq artisti ijodiy sohada amalga oshirilayotgan siyosat va san’at arboblari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv oxirida ular «Men seni sevaman, ona vatanim» qo‘shig‘idan parchani birgalikda ijro etishdi.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2FAkordaPress%2Fvideos%2F168593400750707%2F&show_text=0&width=560]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi