20:17 / 02.11.2018
4 121

OAV: Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq berdi

OAV: Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp vazirlar mahkamasiga Xitoy bilan savdo kelishuvi ishlab chiqish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Bloomberg'ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Tramp Argentinadagi G20 sammitida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, u asosiy vazirlarga savdo kelishuvi uchun ehtimoliy shartlar ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

Xabar qilinishicha, ehtimoliy bitimga Xitoy tomonining tashabbusi bilan payshanba kuni o‘tkazilgan Szinpin va Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti sabab bo‘ldi. Donald Trampning tvitterda yozishicha, suhbat «uzoq va juda yaxshi» bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, gap asosan savdo masalasi bo‘yicha kechgan, ammo prezidentlar Shimoliy Koreyani samarali tarzda muhokama qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq berdi