12:00 / 03.11.2018
3 971

«Taxtlar o‘yini» uslubida Eronga tahdid qilgan Tramp yangi bitimga tayyorligini ma’lum qildi

«Taxtlar o‘yini» uslubida Eronga tahdid qilgan Tramp yangi bitimga tayyorligini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi haqidagi ma’lumotlar fonida, Eron bilan yangi bitim tuzishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uyga tayangan holda xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoniga nisbatan sanksiya cheklovlari Tehron o‘z «buzg‘unchi xatti-harakatlarini» o‘zgartirmagunga qadar amal qiladi.

«Qo‘shma Shtatlar Eron bilan hamon yangi, nisbatan keng qamrovli kelishuvga erishishga tayyor turibdi. U ushbu davlatga yadro quroliga bo‘lgan yo‘lni butunlay bloklab qo‘yishi lozim», - deya ma’lum qildi Tramp.

Avvalroq, Tramp 5 noyabr kuni yangi sanksiyalar joriy etilishi haqida xabar bergandi. Tramp ijtimoiy tarmoqda «Sanksiyalar juda yaqin» yozuvli tasvirni e’lon qildi. Matn shrifti va ifodasi «Taxtlar o‘yini» serialidan mashhur iborani eslatib yuboradi - «Qish yaqin».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Taxtlar o‘yini» uslubida Eronga tahdid qilgan Tramp yangi bitimga tayyorligini ma’lum qildi