21:00 / 03.11.2018
5 128

79 yoshli tilanchi magazinlar tarmog‘i egasi ekan

79 yoshli tilanchi magazinlar tarmog‘i egasi ekan
Umrining asosiy qismini Xitoyning Xuanchjou vokzalida tilanchilik qilish bilan o‘tkazgan 79 yoshli momo 5 qavatli villada istiqomat qiladigan, bir nechta magazin va uylarga ega boyvuchcha xonim bo‘lib chiqdi.

Hozir butun OAV shu ayol haqida gapirmoqda. Vokzal ma’muriyati esa ovozkuchaytirgichlar orqali odamlarni tilanchi ayolning hiylasiga uchmaslik xususida ogohlantirmoqda. Jurnalistlar hatto uning o‘g‘li bilan ham gaplashib ko‘rishdi. Aytgancha, u oilaviy zavodni boshqaradi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha bor onasidan tilanchilikni to‘xtatishni so‘ragan, biroq u rozi bo‘lmagan.

«Men unga o‘z obro‘yingizni o‘ylamasangiz, hech bo‘lmasa biznikini o‘ylang, deb aytdim», — dedi tilanchining o‘g‘li. «Men har kuni unga mazali noz-ne’matlar olib boraman, biroq u baribir ko‘chaga chiqib ketaveradi. Pul masalasiga keladigan bo‘lsak, u boshqalar o‘ylaganidan ko‘ra ancha boy. Uning turli banklarda bir nechta hisob raqamlari bor».

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol o‘z biznesini dastlab vokzalda yo‘l xaritalarini sotish bilan boshlagan, biroq temir yo‘l rahbariyati uning bu kichkina biznesini ma’qullamadi. Shundan so‘ng u tilanchilik qilishga o‘tdi. Onaxon vokzalga har kuni ertalab soat 10 da kelib, kechqurun 8 da ketadi. Aytishlaricha, u bir kunda 45 dollar atrofida daromad qilarkan. Yomon emas-a, nima dedingiz?!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 79 yoshli tilanchi magazinlar tarmog‘i egasi ekan