09:04 / 04.11.2018
5 311

Hindistonda «o‘ta aqlli» odamxo‘r yo‘lbars o‘ldirildi

Hindistonda «o‘ta aqlli» odamxo‘r yo‘lbars o‘ldirildi
Hindistonning Maxarashtra shtatida T1 laqabli yo‘lbars o‘ldirildi. U keyingi ikki yil davomida 14 kishini o‘ldirgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda The Telegraph'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Yirtqichni qishloqlardan birida 2 noyabr kuni payqab qolishgan. U turgan joyga qurollangan guruh yetib borgan. Unga qarata uxlatuvchi o‘q uzilganidan so‘ng yo‘lbars odamlar tomon tashlangan. Yirtqich ovchilar o‘tirgan mashinaga yetib kelishiga o‘n qadam qolganida otib o‘ldirilgan.

The Telegraph gazetasining yozishicha, yo‘lbarsni Asgar Ali Xon ismli ovchi otib o‘ldirgan.

Ovchi T1 tajovuzkor, aqlli va odamlardan umuman qo‘rqmaydigan yo‘lbars bo‘lganligini aytgan.

«U inson go‘shtini tatib ko‘rganidan so‘ng odamlarga xuddi maymun, echki yoki boshqa qurbonlari kabi qaraydigan bo‘lgan. Shuning uchun u bizga hujum qilganida uni otib tashlashga majbur bo‘ldim», — degan Ali Xon.

Yirtqichni qidirish uchun eng yaxshi merganlar va 200 nafar reynjer, itlar va fillar jalb etilgan, ammo bir necha oy davomida uni topishning imkoni bo‘lmagandi.

Olti yoshli yo‘lbars 13-14 kishining umriga zomin bo‘lgan deb hisoblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda «o‘ta aqlli» odamxo‘r yo‘lbars o‘ldirildi