10:57 / 04.11.2018
4 087

Qirg‘izistonlik deputat Qozog‘istonda mafiya tuzganlikda ayblandi

Qirg‘izistonlik deputat Qozog‘istonda mafiya tuzganlikda ayblandi
Qirg‘iziston parlamenti deputati Damirbek Asilbekov Qozog‘istonning Olmaota shahrida jinoiy guruh tuzib, kontrabanda bilan shug‘ullangan. Xitoydan noqonuniy tarzda o‘g‘irlik yo‘li bilan keltirilgan mahsulotlarni sotish evaziga guruh bir million dollardan ortiq daromad ko‘rgan.

Bojxona to‘lovlari hamda shu kabi davlat tashkilotlariga to‘lanadigan to‘lovlar 267 ming dollarni tashkil etgan. Deputat mafiyachi bu pullarni to‘lash o‘rniga bojxonalarni, huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarini aylanib o‘tgan, yoki qo‘rqitish, turli jinoiy harakatlar yordamida soliq, bojxona tashkilotlarini o‘tdek tushirgan.

Mafiya a’zolarining har biriga alohida vazifa yuklangan. O‘g‘irlik va boshqa vazifalarni bajarishda deputat mafiyachining shaxsan o‘zi ishtirok etgan.

Jinoiy guruh a’zolari 2018 yil fevralida qo‘lga olingan. Ular orasida ashaddiy kallakesar, o‘g‘rilar, brokerlar, bojxona xizmatchilari, politsiyachilar ham bor. Ular soni 12 kishidan iborat. Hozirgi vaqtda Damirbek Asilbekov Qirg‘izistonda deputatlik maqomidan mahrum etilgan. Sud jarayoni Qozog‘istonda davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonlik deputat Qozog‘istonda mafiya tuzganlikda ayblandi