Arxeologlar tomonidan qadimgi misrliklar ganch(alebastr) qazib olgan Xatnub ochiq konidan ko‘p tonnali tosh bloklarini ko‘tarishda qo‘llanilgan nishab yo‘lka(pandus) izlari topildi.
Uning yoshi 4500 yilga teng deyilmoqda. Olimlarning aytishicha, bunday tizimlar ohaktoshdan piramidalarni barpo etishda ham qo‘llanilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.
Ganch haykallar, idishlar, tosh tobutlar tayyorlash, shuningdek, ibodatxona devorlari va pollarini qoplashda ishlatilgan. Uni Misrning Luksor shahridan shimolda joylashgan Xatnub konidan olishgan.
Garchi misrliklar o‘ta og‘ir ganch toshlarni joydan joyga qanday qilib ko‘chirishgani shu paytgacha fanga aniq ma’lum bo‘lmasa-da, buning uchun qo‘shimcha muhandislik moslamalariga ega nishab yo‘lka(panduslar)dan foydalanilgan deb hisoblab kelinardi.
Endi bu narsaning siri ham olimlarga ayon bo‘ldi. Gap shundaki, Xatnubda bloklarni ko‘tarish tizimi markaziy pandusdan tashkil topgan. Uning ikki tomonida zinapoya yasalgan. Qoyada o‘yilgan yoriqqa esa mustahkam yog‘och ustunlar qo‘yilgan.
Bloklar yog‘och chenalarga ortilgan. Misrliklar ustunlar va arqonlar yordamida toshlarni tortib chiqargan. Bunday usuldan boshqa konlarda ham foydalanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi