23:53 / 04.11.2018
3 718

Amerikadagi daryolarning biri tubidan doimiy tarzda yoqimli musiqa yangrab turadi

Amerikadagi daryolarning biri tubidan doimiy tarzda yoqimli musiqa yangrab turadi
Ma’lum bo‘lishicha, 28 oktyabr kuni Amerikaning Nyu-Jersi shtatiga qarashli Pensvilla shahrida yashovchi 37 yoshli Kerol Xampton Delaver daryosi sohilida ajabtovur tovushlarni eshitib qoldi. Daryo tubidan juda yoqimli kuy taralardi. Oldiniga shu atrofda mashina bo‘lsa, salonidan musiqa taralyapti deb o‘yladi. Ammo mashina yaqin atrofda ko‘zga tashlanmadi. Ayol sira o‘ylab o‘tirmay, bu tovushlarni diktofonga yozib oldi va uyiga kelgach, internet saytlariga tarqatdi.

Shunda yanada kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Aytishlaricha, daryo sohiliga yaqin joylarda yashovchilar bir necha haftadan beri suv ostidan taralayotgan musiqani tinglashga majbur bo‘lishmoqda ekan. Ularning ko‘pchiligiga bu musiqa uyqu bermayapti emish. Bunga politsiyachilar kelib qo‘shildi. Ular daryoning narigi sohili va yaqin atroflarni sinchiklab nazardan o‘tkazishdi. Kutilgan natijaga erisha olishmadi. Musiqa suv ostidan taralayotgani tayin bo‘ldi.

Musiqachilar, mutaxassislar o‘zaro bu kuy qaysi janr, davrga tegishli ekani xususida bahslarni ham boshlab yuborishdi. Birovi rok, boshqasi pop dedi. Yana kimlardir qadimiy Amerikada yaratilgan kuylarni musiqachilar arvohi ijro qilayotgan bo‘lsa kerak degan taxminni o‘rtaga tashladi. Yana kimdir buni o‘zga sayyoraliklarning hiylasiga yo‘ydi. Olimlar esa daryo tubidan taralayotgan kuyni ilmiy yo‘l bilan aniqlashga bel bog‘lashdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikadagi daryolarning biri tubidan doimiy tarzda yoqimli musiqa yangrab turadi