01:16 / 05.11.2018
2 178

20 mingdan ortiq qurolli migrant YeI chegaralarini qamal qilmoqda

20 mingdan ortiq qurolli migrant YeI chegaralarini qamal qilmoqda
Xorvatiya chegaralari yaqinida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga mansub 20 mingdan ortiq migrant Yevropa Ittifoqi chegaralarini buzib o‘tish bilan tahdid solib turibdi. Bu haqda xorij nashriga asoslangan holda Kun.uz xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu yerda to‘plangan Pokiston, Eron, Jazoir va Marokashdan kelgan migrantlarning deyarli barchasi tig‘li qurollar bilan qurollangan. Avstriya Ichki ishlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ular «Germaniyaga yoki Skandinaviya mamlakatlari»ga bostirib kirmoqchi.

Bosniya-Xorvatiya chegarasini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha kuchlar tashlangan, ammo ularning kuchi ham yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan Yevropaga muhojirlar oqimi 2015 yilda boshlangandi. Qochqinlarning aksar qismini Germaniya qabul qilgan - 1,5 million kishi. Yevropaga ularning aksar qismi dengizni kechib o‘tadi. Markaziy Yevropadagi aksar mamlakatlarning siyosatchilari qochqinlarni qabul qilish kvotalarini qisqartirishni yoqlab chiqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 20 mingdan ortiq qurolli migrant YeI chegaralarini qamal qilmoqda