14:38 / 05.11.2018
7 397

Dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi (foto)

Dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi (foto)
Konrad Maldiv Rangali orolida dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi.

Hind okeanida 5 metrcha suv ostida qurilgan yangi mehmonxona boshqalariga o‘xshamaydigan qulaylik va ko‘rinishga ega. Ushbu mehmonxonaga mahalliy xalq tilida “Muraka” ya’ni “marjon” ma’nosini anglatuvchi nom berildi.

Mehmonxonaning yotoq, dush va boshqa odatiy qismlariga qo‘shimcha ravishda, har bir xona uchun alohida sport zal, bar, hovuz, alohida xizmat ko‘rsatuvchi kishi, okeanga qaragan vanna va eng muhimi okean ostidagi yotoqxona mavjud bo‘lib bularning barchasi ajoyib ko‘rinishlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Mehmonxonaning tomi suvdan yuqorida joylashgan bo‘lib unda bemalol quyoshda toblanish mumkin.

Narxlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mehmonxonada bir kecha tunash 50 ming dollar turadi (eng asosiysi siz mehmonxonada bir kecha tunash uchun buyurtma berolmaysiz, kamida to‘rt kechaga buyurtma berish mumkin ya’ni 200 ming dollar). Ushbu summa mehmonlar uchun alohida oshpaz va ko‘ngli tusagan ovqat, shuningdek, okean bo‘ylab maxsus qayiqdan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi (foto)