06:33 / 06.11.2018
4 510

Yevropaning "eng iflos shaharlar"i ma’lum qilindi

Yevropaning "eng iflos shaharlar"i ma’lum qilindi
Tetovo (Makedoniya) Yevropaning eng iflos shaharlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib kelmoqda. Ro‘yxatdagi shaharlar indeks raqamlari bo‘yicha tartibga solingan bo‘lib, Tetovo 97,57 ball ko‘rsatkichi bilan, uning ortidan Makedoniyaning yana boshqa shahri - Skope 84,61, Italiyaning Napoli shahri esa 82,5 indeks ko‘rsatkichi bilan iflos shaharlar uchligini yakunlagan. Bu haqda Pollution Index 2018 Mid-Year hisobotida shunday deyiladi.

Ushbu ro‘yxatda Sankt-Peterburg 64,47 ball bilan 17-o‘rinni va Moskva - 63,02 ball bilan 19-o‘rinni egalladi.

Yevropaning eng toza shaharlari etib Xelsinki (Finlyandiya), 13,49, Reykyavik (Islandiya), Shveysariyaning Syurix shaharlari tan olingan. Shuningdek, Stokholm shahri ham (Shvetsiya) 16,62 ko‘rsatkich bilan e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaharlari shu tarzdagi hisobotlarga kiritilmagan bo‘lsada, mamlakatda 2019 yil 1 yanvardan boshlab atrof-muhitni ifloslantirish uchun kompensatsiya to‘lashning yangi tartibi amal qiladi. Yangi tartib-qoidaga muvofiq, eng kam oylik ish haqi miqdori kompaniyalarning quyidagi faoliyatlari uchun kompensatsiyani hisoblash tatbiq etiladi:

- atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, koeffitsiyentlar va ifloslantiruvchi moddalar turini ko‘rsatgan holda;

- 1 tonna yonilg‘i yoqilg‘isini yoqib atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqishi (jismoniy shaxslardan tashqari);

- ifloslantiruvchi moddalarni suv ob’ektlariga, yer osti va shahar kanalizatsiya tarmoqlariga oqizish;

- chiqindilarni yo‘q qilish (toksik / toksik bo‘lmagan).

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shilgan. Imzolash marosimi 2017 yil 19 aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgandi. Oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tib, Oliy Majlis Senatida Parij bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

Parij bitimi BMT konvensiyasi doirasida atmosferadagi karbonat angidridini 2020 yilgacha kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qabul qilingan muhim hujjatdir.

Bugungi kunga kelib, 170 davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan, bu esa atmosfera emissiyasini kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, xususan global temperaturani 1,5 daraja santigrat darajagacha cheklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston shartnomani imzolagan 195 davlatning biriga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaning "eng iflos shaharlar"i ma’lum qilindi