10:22 / 06.11.2018
3 336

Ostona politsiyachilari o‘ziga xos yo‘l tutgan firibgar ayolni qo‘lga oldi

Ostona politsiyachilari o‘ziga xos yo‘l tutgan firibgar ayolni qo‘lga oldi
U «Instagram» orqali ayollarga odam eshitsa kuladigan va narxi arzon shuba hamda qalpoqlarni taklif etgan.

Keyin esa «WhatsApp» orqali aloqaga chiqib, xaridorlardan pullarni «Qiwi-katmon»ga o‘tkazishlarini so‘ragan. Soddadil va narxning bunchalik arzonligidan shoshib qolgan ayollar darhol pullarni aytilgan manzilga o‘tkazishgan. Firibgar esa pullar kelib tushgandan so‘ng, darhol akkauntlarni o‘chirib, telefon raqamlarni blokka tushirgan.

Ushbu firibgar hammasi bo‘lib 7 nafar ayolni jami 1,5 mln tanga (4000 dollarga yaqin) ga tushirgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostona politsiyachilari o‘ziga xos yo‘l tutgan firibgar ayolni qo‘lga oldi