12:02 / 06.11.2018
2 653

Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishni istamadi

Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishni istamadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh chegaralariga yo‘l olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatishni ta’qiqladi.

Ijtimoiy tarmoqda bu video Facebook’da reklama joylashtirish qoidalarini buzishi aytilgan. “Bu rolik Facebook’da postlanishiga qaramay, u pullik tarqatila olinmaydi”, deyilgan kompaniyada.

3 noyabrda AQSh prezidenti o‘g‘li Kichik Donald Tramp Facebook’da muhojirlarga AQShga tushishga xalaqit qilish uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasiga ovoz berish kerakligi haqidagi reklamani joylashtirgan. Videoda AQShda 2 politsiyachini o‘ldirganlik uchun jazolangan noqonuniy muhojir ham ko‘rsatilgan.

Kichik Tramp CNN ushbu rolikni efirga uzatishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. “Ko‘rinishicha, faqat soxta yangiliklarni ko‘rsatishadi va o‘zlariga to‘g‘ri kelmaydigan real muammolar haqida gapirishni istashmaydi”, deb izoh bergan Tramp bu holatga. CNN’da esa reklamani irqiy deb hisoblab, uni berishdan bosh tortganlari aytilgan. Keyinroq bu rolikni ko‘rsatishdan NBC va Fox News telekanallari ham bosh tortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishni istamadi