AQShning xalqaro taksi xizmati Uber Britaniya poyabzal ishlab chiqaruvchi Charlotte Olympia bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda Uber brendi ostida ayollar poyabzali savdo rastalari paydo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Kompaniya baland platformali oltin sandallar va Uber shoes brendi bilan ishlab chiqarilayotgan baland poshnali poyabzallarni ommaga namoyish etdi.
Poyabzal bor-yo‘g‘i 14 juft ishlab chiqarildi va faqat Londonning Harvey Nichols Knightsbridge do‘konida 15 noyabrga qadar sotilishi aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, uning narxi 695 funt sterling etib belgilangan. Bir juft oyoq kiyim sotib olgan xaridorning Uber'dagi hisobi avtomatik tarzda 500 funt sterling mablag‘ o‘tkaziladi va mijoz bu pullarni taksi xizmatidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Uber 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqarish va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushirishni rejalayotgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi