20:06 / 06.11.2018
6 052

Shahar hokimi va yana 13 kishi korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi

Shahar hokimi va yana 13 kishi korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi
Italiyaning Fuskaldo shahrida 14 kishi, jumladan, ushbu shahar hokimi Janfranko Ramundo, uning o‘rinbosari, maslahatchilari, boshqa davlat xodimlari, shuningdek, xususiy tadbirkorlar korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda xorij nashriga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Ushlanganlarning 12 nafari qamoqda, ikki nafari uy qamog‘ida saqlanmoqda. Gumondorlarni qo‘lga tushirish amaliyotida jami 100 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Ish doirasida gumonlanuvchilarga tegishli umumiy qiymati 215 ming yevrolik aktivlar xatlangan.

Ular ma’muriy qonun buzilishlari, bosim o‘tkazish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish, rastrata, ommaviy savdolarni o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik hamda pudratchilarni tanlashda til biriktirish kabilarda ayblanmoqda. Ularning davlatga yetkazgan zarari 7,5 mln. yevro deb baholanyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahar hokimi va yana 13 kishi korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi