3 719
Jeenbekovning traktori bor, Atamboyev esa millioner — qirg‘iz amaldorlari deklaratsiya topshirishdi
Qirg‘iziston davlat soliq xizmati yagona soliq deklaratsiyasi topshirgan davlat va mahalliy xizmatchilarning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qila boshladi, deb yozadi Kun.uz.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 2017 yildagi daromadlari 890 ming 994,19 qirg‘iz so‘miga teng bo‘lgan (bu qariyb 12800 AQSh dollarini tashkil etadi). Prezidentning ixtiyorida maydoni 160 kv.m bo‘lgan uy, 60 kv.m maydonga ega dala hovli bor. Bundan tashqari u 61,45 gektar yer va MTZ-80 traktoriga ega.
Prezidentning yaqin qarindoshlari 3,7 million so‘m (48900 dollar) ishlab topishgan. Ularning 64 kv.m yuzaga ega kvartirasi va “Leksus 470” avtomobili hamda 20,6 gektar yeri bor.
Deklaratsiyada Jeenbekovlar oilasi 2017 yilda qancha xarajat qilishgani ko‘rsatib o‘tilmagan.
Sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2017 yildda 100 million 118 ming so‘m (1 mln 440 ming AQSh dollari) ishlab topgan.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan 12 oy ichida deklarant 77 million so‘m (1 mln 107 ming dollar) sarflagan. Atamboyevning yaqin qarindoshlarining daromadlari o‘tgan yil ichida 738 ming 331 so‘m (10600 dollar) ni tashkil etgan. Almazbek Atamboyevning xususiy mulklari ichida qishloq xo‘jaligi yerlari va qurilmalar bor.
Almazbek Atamboyevning deklaratsiyada qayd etilgan mulklariga uning qarindoshi Saidbek Atamboyev yuz foiz egalik qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham nizom jamg‘armasini tasarruf etish huquqi bilan unga rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi