07:30 / 07.11.2018
3 706

Sayyoramizning eng aniq massasi ma’lum qilindi

Sayyoramizning eng aniq massasi ma’lum qilindi
Parij Didro universiteti astrofiziklari sayyoramiz va sayyoralar yadrolari massasini o‘lchashning yangi usulini qo‘llashdi. Buning uchun tadqiqotchilar sayyoramizga koinotdan beto‘xtov hujum qiluvchi koinot zarralari – neytrinoni qo‘llashga qaror qilishgan.

Olimlar sayyoramizni koinot nurlari bilan skanerlash natijasida Yerning to‘liq massasi 5,972Ye24 kilogrammni, ya’ni 5 972 000 000 000 000 000 000 (5 972 sekstillion) tonnani tashkil qilishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Endi olimlar ushbu usulni boshqa samo jismlarining ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun qo‘llashmoqchi. Navbatdagi tajribada olimlar Yerning yadrosi o‘lchamlarini aniqlashmoqchi. Ayni vaqtda yadroning og‘irligi 1,932•1024 kgni tashkil qiladi, biroq yadroning aniq geologik va kimyoviy xossalari fanga ma’lum emas.

Ta’kidlanishicha, sayyoramiz massasi har yil oshib boradi. Bunga esa har yili Yer sirtini 30 ming tonna miqdorda qoplovchi koinot changi sababdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoramizning eng aniq massasi ma’lum qilindi