Makka va Madinada suv toshqinlari yuzaga keldi

  • 7-11-2018, 15:30
  • 2 496
  • Dunyo
  • Makka va Madinada suv toshqinlari yuzaga keldi
    Saudiya Arabistonida oxirgi bir necha kundan beri yog‘ayotgan shiddatli yomg‘irlar tufayli kelib chiqqan suv toshqinlarida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

    Mahalliy OAV ma’lumotiga qaraganda, bu yog‘ingarchilik so‘nggi yigirma yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. Makka, Madina, Riyoz, Xail, Sharqiya, Asir, Jazon, Baha va Javha shaharlarida 28 oktyabrdan beri yomg‘ir to‘xtamayotgani aytilmoqda.

    Meteorologiya va atrof muhit boshqarmasi xalqqa murojaat qilib, zarurat bo‘lmasa, yog‘ingarchilik paytida tashqariga chiqmaslikka chaqirdi.

    Yomg‘ir davom etayotgan shaharlarda suv toshqin yuz berishi mumkinligidan ogohlantirildi.

    » » Makka va Madinada suv toshqinlari yuzaga keldi